Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-09-22 · Amal qiladi: app.callhub24.uz va uning barcha integratsiyalari (amoCRM, Bitrix24, Google Drive, Telegram) uchun
CallHub24 ("biz", "xizmat") — korxonalar uchun qo'ng'iroqlarni yozib olish, xodimlar faoliyatini kuzatish, SMS yuborish va ichki CRM (CrmHub24) yuritish imkonini beruvchi bulutli xizmat. Ushbu hujjat, xizmatdan foydalanganingizda qanday shaxsiy va biznes ma'lumotlari yig'ilishini, ular qanday ishlatilishini, kimlar bilan bo'lishilishini va qanday himoyalanishini to'liq va aniq tushuntiradi.
Ma'lumotlaringiz bo'yicha tezkor murojaat
Ma'lumotlaringizning yig'ilishi, ishlatilishi yoki uzatilishi bo'yicha har qanday savol, shikoyat yoki so'rov (ko'rish/tuzatish/o'chirishni so'rash huquqi) bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri murojaat qiling: support@callhub24.uz yoki Telegram @supp_callhub24. Odatda 5 ish kuni ichida javob beramiz.
1. Ushbu siyosat kimlarga tegishli
Ushbu siyosat, CallHub24 xizmatidan foydalanuvchi barcha taraflarga tegishli:
- Kompaniya administratori — xizmatga ro'yxatdan o'tgan, xodimlarni boshqaradigan shaxs.
- Xodim — kompaniya tomonidan qo'shilgan, mobil ilova orqali qo'ng'iroq/SMS yuboradigan yoki CRM'dan foydalanadigan shaxs.
- Yakuniy mijoz — kompaniya xodimi bilan telefon orqali bog'lanadigan, yoki SMS/taklif (PDF) oladigan tashqi shaxs. Bunday shaxslarning ma'lumotlari, kompaniya (bizning mijozimiz) tomonidan, o'z biznes faoliyati doirasida kiritiladi — biz bu yerda faqat texnik xizmat ko'rsatuvchi (ma'lumotlarni QAYTA ISHLOVCHI) sifatida ishlaymiz, kompaniyaning o'zi esa ma'lumotlar EGASI (nazoratchisi) hisoblanadi.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
2.1. Qo'ng'iroq va SMS ma'lumotlari
- Qo'ng'iroq qiluvchi/qabul qiluvchi telefon raqami, qo'ng'iroq turi (kiruvchi/chiquvchi/javobsiz), sanasi, vaqti va davomiyligi.
- Audio yozuvi — FAQAT kompaniya administratori yozib olishni yoqqan va (agar mahalliy qonunchilik talab qilsa) xodim/mijoz xabardor qilingan holatlarda. Yozuvlar shifrlangan holda saqlanadi (7-bandga qarang).
- Qo'ng'iroqdan keyin yuborilgan avtomatik yoki qo'lda SMS'larning matni va yetkazilish holati.
- Qo'ng'iroq sifati bahosi va izohi (agar xodim/admin tomonidan kiritilgan bo'lsa) — masalan "Sotuv amalga oshdi" belgisi.
2.2. Joylashuv (GPS)
Faqat kompaniya administratori bu funksiyani YOQQAN va xodim o'z qurilmasida joylashuvga ruxsat bergan holatda — qo'ng'iroq vaqtidagi taxminiy geografik koordinatalar yig'iladi. Bu funksiya standart holatda O'CHIRILGAN.
2.3. Xodim va qurilma ma'lumotlari
- Ism-familiya, ichki litsenziya kaliti, PIN kod (xesh, ya'ni shifrlangan ko'rinishda saqlanadi — ochiq matn hech qachon saqlanmaydi).
- Mobil qurilma identifikatori (ilovaning bitta qurilmada faollashtirilganini nazorat qilish uchun) va push-bildirishnoma uchun Firebase qurilma token'i.
- Bo'lim/lavozim, agar kompaniya kiritgan bo'lsa.
2.4. Ichki CRM (CrmHub24) ma'lumotlari
Agar kompaniya CrmHub24 (bizning o'z CRM modulimiz) dan foydalansa, quyidagilar ham saqlanadi:
- Kontakt va kompaniya (mijoz) ma'lumotlari — ism, telefon, email, lavozim, manzil va kompaniya kiritgan maxsus maydonlar.
- Bitim (zdelka) ma'lumotlari — nomi, summasi, bosqichi, mas'ul xodim, tarix (faoliyat lentasi).
- Vazifalar, izohlar, ichki xabarlar (xodimlar orasidagi suhbat) va biriktirilgan fayllar.
- PDF taklif (kommercheskiy predlojeniye) hujjatlari — ularda ko'rsatilgan mijoz nomi, mahsulot/xizmat ro'yxati va narxlar.
- Kompaniyaning o'z rekvizitlari (agar kiritilgan bo'lsa) — STIR, yuridik manzil, bank hisob raqami — bular FAQAT kompaniyaning o'zi yaratgan hujjatlarda ko'rsatish uchun ishlatiladi.
2.5. Integratsiya ma'lumotlari
FAQAT kompaniya administratori tegishli integratsiyani o'zi ulagan holatlarda:
- amoCRM / Bitrix24 — subdomen, OAuth kirish/yangilash tokenlari (shifrlangan holda), kontakt/zdelka ID'lari.
- Google Drive — audio yozuvlarni zaxira nusxalash uchun, ulangan Google hisobining kirish tokeni va tanlangan papka identifikatori.
- Telegram — CRM ichidan Telegram orqali mijoz bilan yozishish uchun, xodimning Telegram Business hisobi ulanishi va yozishmalar matni.
2.6. Hisob va to'lov ma'lumotlari
Kompaniya nomi, administrator email/telefon raqami, tarif rejasi va litsenziya holati. Biz bank karta ma'lumotlarini o'zimiz SAQLAMAYMIZ — to'lovlar, agar mavjud bo'lsa, alohida, PCI-DSS talablariga javob beruvchi to'lov provayderi orqali amalga oshiriladi.
2.7. Texnik va jurnal (log) ma'lumotlari
Xizmat barqarorligi va xavfsizligi uchun, server xatolari, so'rov vaqti, IP manzil (faqat xavfsizlik monitoringi uchun, qisqa muddat) kabi texnik jurnal yozuvlari avtomatik yig'iladi.
3. Ma'lumotlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi
- Qo'ng'iroq/SMS tarixini CRM'da (CallHub24'ning o'zida yoki ulangan amoCRM/Bitrix24'da) ko'rsatish va boshqarish uchun.
- Xodim qurilmasiga, real vaqtda, qo'ng'iroq/SMS buyrug'ini yetkazish uchun (push-bildirishnoma orqali).
- Statistik va tahliliy hisobotlar (qo'ng'iroqlar soni, javob berish darajasi, sotuv ko'rsatkichlari, xodimlar reytingi) tayyorlash uchun.
- Avtomatik SMS (masalan, javobsiz qo'ng'iroqdan keyin yoki bosqich o'zgarganda) va PDF takliflarni yaratish/yuborish uchun.
- Xizmat xavfsizligini ta'minlash, firibgarlik/suiiste'molni aniqlash va oldini olish uchun.
- Texnik yordam ko'rsatish va foydalanuvchi so'rovlariga javob berish uchun.
- Xizmatni yaxshilash — FAQAT umumlashtirilgan, shaxsni aniqlab bo'lmaydigan statistika asosida (masalan, qaysi funksiyalar ko'proq ishlatilishi).
Ma'lumotlar, yuqoridagilardan FARQLI, reklama maqsadida uchinchi tomonlarga sotilmaydi yoki ijaraga berilmaydi.
4. Qayta ishlashning huquqiy asosi
Ma'lumotlarni qayta ishlashimiz quyidagi asoslarga tayanadi: (a) kompaniya bilan tuzilgan xizmat ko'rsatish shartnomasini (ommaviy oferta) bajarish; (b) xizmatning to'g'ri va xavfsiz ishlashini ta'minlashdagi qonuniy manfaatimiz; (c) qonun talab qilgan hollarda — qonuniy majburiyatni bajarish; (d) GPS joylashuv va audio yozib olish kabi ixtiyoriy funksiyalar uchun — kompaniya administratori (va tegishli holatlarda, xodim/mijoz)ning roziligi.
5. Ma'lumotlar kimlar bilan bo'lishiladi
| Oluvchi | Maqsad va uzatiladigan ma'lumot |
| amoCRM / Bitrix24 | FAQAT kompaniya o'zi ulaganda — o'sha kompaniyaning qo'ng'iroq/kontakt/zdelka ma'lumotlari, o'sha kompaniyaning O'Z hisobiga. |
| Google Firebase (Cloud Messaging) | Xodim qurilmasiga texnik push-bildirishnoma yetkazish uchun — xabar MATNI emas, faqat "buyruq" signali. |
| Google Drive | FAQAT kompaniya ulaganda — audio yozuvlarning zaxira nusxasi. |
| Telegram (Bot API / Business API) | FAQAT xodim o'z Telegram hisobini ulaganda — CRM ichidan yozishish uchun. |
| Bulutli infratuzilma provayderi | Serverlar va fayl saqlash (shifrlangan) uchun texnik infratuzilma — ma'lumotlarni ko'rish huquqisiz. |
| Qonun talab qilgan davlat organlari | FAQAT qonuniy, rasmiy so'rov (sud qarori, tergov so'rovi) taqdim etilganda. |
Yuqoridagilardan tashqari, HECH QANDAY uchinchi tomonga, marketing yoki reklama maqsadida ma'lumot berilmaydi yoki sotilmaydi.
6. amoCRM / Bitrix24 integratsiyasi va ruxsatlar
amoCRM/Bitrix24 bilan integratsiyani ulash — TO'LIQ ixtiyoriy va faqat kompaniya administratori tomonidan, ongli ravishda amalga oshiriladi:
- Ulash, standart OAuth 2.0 protokoli orqali, to'g'ridan-to'g'ri amoCRM/Bitrix24'ning o'z rasmiy ruxsat berish (authorization) sahifasida amalga oshiriladi — biz login/parolingizni HECH QACHON ko'rmaymiz yoki saqlamaymiz.
- Bizga faqat, integratsiya ishlashi uchun ZARUR bo'lgan minimal ruxsatlar (kontakt/zdelka yaratish-o'qish-yangilash) beriladi.
- Olingan kirish (access) va yangilash (refresh) tokenlari, bazamizda shifrlangan holda saqlanadi, hech qachon ochiq matnda ko'rsatilmaydi.
- Integratsiyani istalgan vaqtda, Boshqaruv panelidan bir tugma bosish bilan uzish mumkin — uzilgandan so'ng, saqlangan tokenlar darhol bekor qilinadi/o'chiriladi.
- amoCRM vidjeti orqali kiritilgan ma'lumotlar (qo'ng'iroq buyrug'i, skrinpop hodisalari), FAQAT amoCRM'ning o'z xavfsizlik standartlariga (masalan, vidjet kaliti tekshiruvi) mos ravishda qabul qilinadi.
6.1. Facebook va Instagram (Meta) integratsiyasi
Kompaniya administratori xohlasa, CrmHub24 ga o'zining Facebook sahifasi va Instagram biznes akkauntini ulashi mumkin. Ulanganda quyidagi ma'lumotlar Meta Platforms orqali (Meta ruxsati bilan) qabul qilinadi va faqat shu kompaniyaning CRM hisobida ko'rsatiladi:
- sahifa va Instagram akkaunt xabarlari (Messenger va Instagram Direct): mijoz nomi, xabar matni, biriktirilgan fayllar;
- sahifa postlari va Instagram postlariga yozilgan izohlar;
- Facebook Lead Ads shakllari orqali qoldirilgan so'rovlar (ism, telefon, email va shakldagi boshqa javoblar);
- sahifa va akkaunt identifikatorlari hamda ulanish uchun berilgan kirish tokenlari (tokenlar shifrlangan holda saqlanadi).
Bu ma'lumotlar faqat shu kompaniya mijozlar bilan aloqa qilishi, kontakt va zdelkalarni yuritishi uchun ishlatiladi. Ular reklama maqsadida ishlatilmaydi, sotilmaydi va boshqa kompaniyalarga berilmaydi. Administrator integratsiyani istalgan vaqtda uzishi mumkin, shunda kirish tokenlari darhol o'chiriladi.
6.2. Ma'lumotlarni o'chirish bo'yicha ko'rsatma
Facebook yoki Instagram orqali CrmHub24 ga kelgan ma'lumotlaringiz (xabarlar, izohlar, lead shakli javoblari) o'chirilishini xohlasangiz:
- support@callhub24.uz manziliga xat yozing yoki Telegram: @supp_callhub24 orqali murojaat qiling;
- xatda Facebook/Instagram profilingiz nomini yoki xabar yuborgan sahifa nomini ko'rsating;
- so'rovingizni 30 kun ichida ko'rib chiqamiz va ma'lumotlarni o'chirib, bu haqda sizga xabar beramiz.
Avtomatik o'chirish: Facebook sozlamalarida (Settings → Apps and Websites) CrmHub24 ilovasini olib tashlasangiz yoki ma'lumotlarni o'chirishni so'rasangiz, Meta so'rovi bizga avtomatik keladi va sahifa ulanishi hamda unga bog'liq xabarlar, izohlar va lead javoblari o'chiriladi. Natijani tasdiq kodi bilan /api/meta/data-deletion-status?code=… sahifasida ko'rishingiz mumkin.
Kompaniya administratori esa CrmHub24 → Sozlamalar → Integratsiyalar bo'limida Facebook/Instagram ulanishini uzib, kirish tokenlarini darhol o'chirishi mumkin.
7. Xavfsizlik choralari
- Barcha ma'lumotlar, mijoz (brauzer/mobil ilova) va server orasida, shifrlangan aloqa kanali (HTTPS/TLS) orqali uzatiladi.
- Audio yozuvlar, saqlash tizimida (object storage), kompaniyaga xos shifrlash kaliti bilan shifrlangan holda saqlanadi — hatto infratuzilmaga texnik kirish huquqi bo'lgan xodimimiz ham, shifrni ochmasdan, tinglay olmaydi.
- amoCRM/Bitrix24/Google kirish tokenlari va xodim PIN kodlari, bazada FAQAT shifrlangan/xeshlangan ko'rinishda saqlanadi.
- Xodimlarning CRM'ga kirish huquqlari, rol asosidagi ruxsatlar matritsasi orqali cheklanadi (masalan, oddiy xodim boshqa xodimning bitimini ko'ra olmasligi mumkin).
- Zaxira nusxalar (backup), muntazam ravishda olinadi va shifrlangan holda, asosiy serverdan ALOHIDA joyda saqlanadi.
- Tashqi API orqali kirish, faqat maxsus, bekor qilinishi mumkin bo'lgan API kalitlar orqali, va tezlik chegarasi (rate limit) bilan himoyalangan.
- Kompaniyalar orasidagi ma'lumotlar to'liq izolyatsiya qilingan — bitta kompaniyaning xodimi yoki API kaliti, boshqa kompaniyaning ma'lumotiga hech qanday holatda kira olmaydi.
8. Ma'lumotlarni saqlash muddati
- Qo'ng'iroq yozuvlari va audio fayllar, standart holatda 45 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi — BUNDAN TASHQARI, agar kompaniya Google Drive'ni ulagan bo'lsa, audio yozuvlar muddatsiz (o'zining Google Drive hisobida) saqlanishi mumkin.
- CRM ma'lumotlari (kontakt, bitim, vazifa, xabar tarixi), kompaniya xizmatdan foydalanishni davom ettirar ekan, saqlanadi.
- Kompaniya hisobi o'chirilganda, unga tegishli BARCHA ma'lumotlar (qo'ng'iroq yozuvlari, SMS matnlari, CRM ma'lumotlari, integratsiya tokenlari, fayllar) tizimdan butunlay o'chiriladi.
- Texnik jurnal (log) yozuvlari, xavfsizlik monitoringi uchun zarur bo'lgan qisqa muddat (odatda bir necha oy) saqlanadi.
9. Cookie va mahalliy saqlash
Veb-ilovamiz, reklama yoki kuzatuv (tracking) cookie'laridan FOYDALANMAYDI. Faqat, tizimga kirgan holatingizni saqlab qolish uchun, brauzeringizning mahalliy xotirasida (localStorage) kirish tokeni va til tanlovi kabi texnik ma'lumotlar saqlanadi — bu ma'lumotlar bizning serverimizga emas, faqat SIZNING qurilmangizda qoladi.
10. Sizning huquqlaringiz
Har qanday foydalanuvchi (kompaniya administratori yoki xodim), o'ziga tegishli shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha quyidagi huquqlarga ega:
- Ko'rish — sizga tegishli qanday ma'lumotlar saqlanayotganini bilish.
- Tuzatish — noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotni yangilashni so'rash.
- O'chirish — ma'lumotlaringizni tizimdan o'chirishni so'rash (agar qonuniy saqlash majburiyati bo'lmasa).
- Qayta ishlashni cheklash — muayyan holatlarda, ma'lumotingiz qayta ishlanishini vaqtincha to'xtatishni so'rash.
- E'tiroz bildirish — ma'lumotingizning muayyan maqsadda ishlatilishiga qarshi chiqish.
- Ko'chirish (portativlik) — ma'lumotingizni, o'qiladigan formatda, nusxasini olish.
- Shikoyat qilish — agar javobimizdan qanoatlanmasangiz, tegishli davlat nazorat organiga murojaat qilish huquqi.
Ushbu huquqlardan foydalanish uchun, 14-banddagi aloqa orqali murojaat qiling — so'rovingizni odatda 5 ish kuni ichida ko'rib chiqamiz.
11. Bolalar maxfiyligi
CallHub24, biznes (B2B) xizmati bo'lib, 18 yoshga to'lmagan shaxslar tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Biz, ongli ravishda, kichik yoshdagi bolalardan shaxsiy ma'lumot yig'maymiz.
12. Xalqaro ma'lumot uzatish
Ba'zi uchinchi-tomon xizmatlari (masalan, Google Firebase, Google Drive, Telegram), o'z serverlarini turli mamlakatlarda joylashtirishi mumkin. Bunday hollarda, ma'lumotlar, tegishli xizmatning o'z xavfsizlik va maxfiylik standartlariga muvofiq uzatiladi. Asosiy ma'lumotlar bazamiz va fayl saqlash tizimimiz, nazoratimiz ostidagi xavfsiz serverlarda joylashgan.
13. Siyosatga o'zgartirish kiritish
Ushbu siyosatni vaqti-vaqti bilan yangilashimiz mumkin — masalan, yangi funksiya qo'shilganda yoki qonunchilik talablari o'zgarganda. Muhim o'zgarishlar haqida, xizmat ichida bildirishnoma orqali yoki admin email manzilingizga xabar yuborish orqali ogohlantiramiz. Ushbu sahifaning yuqorisida ko'rsatilgan sana, oxirgi yangilanish vaqtini bildiradi.
14. Bog'lanish
Ushbu maxfiylik siyosati yoki sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz bo'yicha har qanday savol, so'rov yoki shikoyat uchun:
Operator (ma'lumotlarni qayta ishlovchi): ООО «M-KROKUS AGENCY», CrmHub24 / CallHub24 xizmati egasi.
Оператор (обработчик данных): ООО «M-KROKUS AGENCY», владелец сервиса CrmHub24 / CallHub24.
Email: support@callhub24.uz · Telegram: @supp_callhub24
Политика конфиденциальности
Последнее обновление: 22.09.2026 · Действует для: app.callhub24.uz и всех его интеграций (amoCRM, Bitrix24, Google Drive, Telegram)
CallHub24 ("мы", "сервис") — облачный сервис для записи звонков, контроля работы сотрудников, отправки SMS и ведения внутренней CRM (CrmHub24). Этот документ подробно и понятно объясняет, какие персональные и деловые данные собираются при использовании сервиса, как они используются, с кем передаются и как защищаются.
Быстрое обращение по вашим данным
По любым вопросам, жалобам или запросам (право на просмотр/исправление/удаление данных), связанным со сбором, использованием или передачей ваших данных, обращайтесь напрямую: support@callhub24.uz или Telegram @supp_callhub24. Обычно отвечаем в течение 5 рабочих дней.
1. К кому применяется данная политика
Данная политика применяется ко всем сторонам, использующим сервис CallHub24:
- Администратор компании — лицо, зарегистрировавшее компанию и управляющее сотрудниками.
- Сотрудник — лицо, добавленное компанией, совершающее звонки/SMS через мобильное приложение или использующее CRM.
- Конечный клиент — внешнее лицо, с которым сотрудник компании связывается по телефону, или которому отправляется SMS/коммерческое предложение (PDF). Данные таких лиц вносятся самой компанией (нашим клиентом) в рамках её собственной деятельности — в этом случае мы выступаем лишь техническим поставщиком услуг (ОБРАБОТЧИКОМ данных), а сама компания является ВЛАДЕЛЬЦЕМ (контролёром) данных.
2. Какие данные собираются
2.1. Данные о звонках и SMS
- Номер звонящего/принимающего, тип звонка (входящий/исходящий/пропущенный), дата, время и длительность.
- Аудиозапись — ТОЛЬКО если администратор компании включил запись и (если того требует местное законодательство) сотрудник/клиент уведомлён. Записи хранятся в зашифрованном виде (см. раздел 7).
- Текст и статус доставки автоматических или ручных SMS, отправленных после звонка.
- Оценка качества звонка и комментарий (если введены сотрудником/админом) — например, отметка "Продажа состоялась".
2.2. Геолокация (GPS)
Только если администратор компании ВКЛЮЧИЛ эту функцию и сотрудник разрешил доступ к геолокации на своём устройстве — собираются приблизительные координаты во время звонка. По умолчанию функция ОТКЛЮЧЕНА.
2.3. Данные сотрудника и устройства
- Имя, внутренний лицензионный ключ, PIN-код (хранится в виде хеша, то есть в зашифрованном виде — открытый текст никогда не сохраняется).
- Идентификатор мобильного устройства (для контроля активации приложения на одном устройстве) и токен устройства Firebase для push-уведомлений.
- Отдел/должность, если указаны компанией.
2.4. Данные внутренней CRM (CrmHub24)
Если компания использует CrmHub24 (наш собственный модуль CRM), дополнительно сохраняются:
- Данные контактов и компаний (клиентов) — имя, телефон, email, должность, адрес и дополнительные поля, заданные компанией.
- Данные сделок — название, сумма, этап, ответственный сотрудник, история (лента активности).
- Задачи, комментарии, внутренние сообщения (переписка между сотрудниками) и прикреплённые файлы.
- Документы коммерческого предложения (PDF) — указанные в них имя клиента, список товаров/услуг и цены.
- Собственные реквизиты компании (если введены) — ИНН, юридический адрес, банковский счёт — используются ТОЛЬКО для отображения в документах, созданных самой компанией.
2.5. Данные интеграций
ТОЛЬКО если администратор компании сам подключил соответствующую интеграцию:
- amoCRM / Bitrix24 — субдомен, токены доступа/обновления OAuth (в зашифрованном виде), ID контактов/сделок.
- Google Drive — для резервного копирования аудиозаписей: токен доступа к подключённому аккаунту Google и ID выбранной папки.
- Telegram — для переписки с клиентом прямо из CRM: подключение Telegram Business аккаунта сотрудника и текст переписки.
2.6. Данные аккаунта и оплаты
Название компании, email/телефон администратора, тарифный план и статус лицензии. Мы НЕ храним данные банковских карт самостоятельно — оплата, если применимо, производится через отдельного платёжного провайдера, соответствующего стандарту PCI-DSS.
2.7. Технические и журнальные данные
Для стабильности и безопасности сервиса автоматически собираются технические журналы: ошибки сервера, время запросов, IP-адрес (только для мониторинга безопасности, на короткий срок).
3. Цели использования данных
- Отображение и управление историей звонков/SMS в CRM (в самом CallHub24 или в подключённой amoCRM/Bitrix24).
- Доставка команды звонка/SMS на устройство сотрудника в реальном времени (через push-уведомление).
- Формирование статистических и аналитических отчётов (количество звонков, уровень ответов, показатели продаж, рейтинг сотрудников).
- Создание и отправка автоматических SMS (например, после пропущенного звонка или смены этапа) и PDF коммерческих предложений.
- Обеспечение безопасности сервиса, выявление и предотвращение злоупотреблений.
- Оказание технической поддержки и ответы на запросы пользователей.
- Улучшение сервиса — ТОЛЬКО на основе обобщённой, обезличенной статистики (например, какие функции используются чаще).
В отличие от вышеперечисленного, данные НЕ продаются и не сдаются в аренду третьим лицам в рекламных целях.
4. Правовое основание обработки
Обработка данных основывается на: (а) исполнении договора оказания услуг (публичной оферты), заключённого с компанией; (б) нашем законном интересе в обеспечении корректной и безопасной работы сервиса; (в) исполнении требований закона, когда это применимо; (г) согласии администратора компании (и, в соответствующих случаях, сотрудника/клиента) — для необязательных функций, таких как GPS-геолокация и аудиозапись.
5. С кем передаются данные
| Получатель | Цель и передаваемые данные |
| amoCRM / Bitrix24 | ТОЛЬКО если компания сама подключила — данные о звонках/контактах/сделках этой компании, в её СОБСТВЕННЫЙ аккаунт. |
| Google Firebase (Cloud Messaging) | Для доставки технического push-уведомления на устройство сотрудника — не текст сообщения, только сигнал «команда». |
| Google Drive | ТОЛЬКО если компания подключила — резервная копия аудиозаписей. |
| Telegram (Bot API / Business API) | ТОЛЬКО если сотрудник подключил свой Telegram-аккаунт — для переписки из CRM. |
| Провайдер облачной инфраструктуры | Техническая инфраструктура серверов и хранилища файлов (в зашифрованном виде) — без права доступа к содержимому данных. |
| Государственные органы, по требованию закона | ТОЛЬКО при предъявлении официального законного запроса (решение суда, запрос следствия). |
Помимо вышеперечисленного, данные НЕ передаются никаким третьим лицам в маркетинговых или рекламных целях и не продаются.
6. Интеграция с amoCRM / Bitrix24 и разрешения
Подключение интеграции с amoCRM/Bitrix24 — ПОЛНОСТЬЮ добровольное и осуществляется осознанно, только администратором компании:
- Подключение происходит по стандартному протоколу OAuth 2.0, напрямую на официальной странице авторизации amoCRM/Bitrix24 — мы НИКОГДА не видим и не сохраняем ваш логин/пароль.
- Нам предоставляются только минимально НЕОБХОДИМЫЕ для работы интеграции разрешения (создание-чтение-обновление контактов/сделок).
- Полученные токены доступа и обновления хранятся в нашей базе данных в зашифрованном виде и никогда не отображаются в открытом тексте.
- Интеграцию можно отключить в любой момент, одним нажатием кнопки в Панели управления — после отключения сохранённые токены немедленно аннулируются/удаляются.
- Данные, поступающие через виджет amoCRM (команда звонка, события screen-pop), принимаются ТОЛЬКО в соответствии с собственными стандартами безопасности amoCRM (например, проверка ключа виджета).
6.1. Интеграция с Facebook и Instagram (Meta)
По желанию администратор компании может подключить к CrmHub24 свою страницу Facebook и бизнес-аккаунт Instagram. При подключении через Meta Platforms (с вашего разрешения) принимаются следующие данные, которые отображаются только в CRM-аккаунте этой компании:
- сообщения страницы и аккаунта Instagram (Messenger и Instagram Direct): имя клиента, текст сообщения, вложения;
- комментарии к публикациям страницы и Instagram;
- заявки, оставленные через формы Facebook Lead Ads (имя, телефон, email и другие ответы формы);
- идентификаторы страницы и аккаунта, а также токены доступа, выданные для подключения (токены хранятся в зашифрованном виде).
Эти данные используются только самой компанией для общения с клиентами и ведения контактов и сделок. Они не используются в рекламных целях, не продаются и не передаются другим компаниям. Администратор может отключить интеграцию в любое время — токены доступа при этом немедленно удаляются.
6.2. Инструкция по удалению данных
Если вы хотите удалить свои данные, поступившие в CrmHub24 через Facebook или Instagram (сообщения, комментарии, ответы формы):
- напишите на support@callhub24.uz или обратитесь в Telegram: @supp_callhub24;
- укажите в письме имя вашего профиля Facebook/Instagram или название страницы, которой вы писали;
- мы рассмотрим запрос в течение 30 дней, удалим данные и сообщим вам об этом.
Автоматическое удаление: если вы удалите приложение CrmHub24 в настройках Facebook (Settings → Apps and Websites) или запросите удаление данных, запрос Meta поступит к нам автоматически: подключение страницы и связанные сообщения, комментарии и ответы лид-форм будут удалены. Результат можно посмотреть по коду подтверждения на странице /api/meta/data-deletion-status?code=….
Администратор компании может отключить подключение Facebook/Instagram в разделе CrmHub24 → Настройки → Интеграции, и токены доступа будут удалены сразу.
7. Меры безопасности
- Все данные передаются между клиентом (браузер/мобильное приложение) и сервером по зашифрованному каналу связи (HTTPS/TLS).
- Аудиозаписи хранятся в системе хранения (object storage) в зашифрованном виде, с уникальным для каждой компании ключом шифрования — даже наш сотрудник с техническим доступом к инфраструктуре не может прослушать запись без расшифровки.
- Токены доступа amoCRM/Bitrix24/Google и PIN-коды сотрудников хранятся в базе ТОЛЬКО в зашифрованном/хешированном виде.
- Права доступа сотрудников к CRM ограничиваются через матрицу разрешений на основе ролей (например, обычный сотрудник может не иметь доступа к просмотру сделки другого сотрудника).
- Резервные копии (backup) создаются регулярно и хранятся в зашифрованном виде, ОТДЕЛЬНО от основного сервера.
- Доступ через внешний API возможен только по специальным, отзываемым API-ключам, с защитой ограничением частоты запросов (rate limit).
- Данные между компаниями полностью изолированы — сотрудник или API-ключ одной компании ни при каких обстоятельствах не может получить доступ к данным другой компании.
8. Срок хранения данных
- Записи звонков и аудиофайлы по умолчанию хранятся 45 дней, после чего автоматически удаляются — ОДНАКО, если компания подключила Google Drive, аудиозаписи могут храниться бессрочно (в её собственном аккаунте Google Drive).
- Данные CRM (контакты, сделки, задачи, история сообщений) хранятся, пока компания продолжает пользоваться сервисом.
- При удалении аккаунта компании ВСЕ связанные данные (записи звонков, текст SMS, данные CRM, токены интеграций, файлы) полностью удаляются из системы.
- Технические журналы (логи) хранятся короткий срок (обычно несколько месяцев), необходимый для мониторинга безопасности.
9. Cookie и локальное хранилище
Наше веб-приложение НЕ использует рекламные или отслеживающие (tracking) cookie. Для сохранения вашей сессии входа, в локальном хранилище браузера (localStorage) сохраняются только технические данные — токен доступа и выбор языка. Эти данные остаются ТОЛЬКО на вашем устройстве и не передаются на наш сервер отдельно.
10. Ваши права
Любой пользователь (администратор компании или сотрудник) в отношении своих персональных данных имеет следующие права:
- Доступ — узнать, какие данные о вас хранятся.
- Исправление — запросить обновление неверных или устаревших данных.
- Удаление — запросить удаление ваших данных из системы (если нет законной обязанности их хранить).
- Ограничение обработки — в определённых случаях запросить временную приостановку обработки ваших данных.
- Возражение — возразить против использования ваших данных в конкретных целях.
- Переносимость — получить копию своих данных в читаемом формате.
- Подача жалобы — право обратиться в соответствующий государственный надзорный орган, если вы не удовлетворены нашим ответом.
Для реализации этих прав обращайтесь по контактам в разделе 14 — мы рассматриваем запрос обычно в течение 5 рабочих дней.
11. Конфиденциальность детей
CallHub24 является B2B (бизнес-для-бизнеса) сервисом и не предназначен для использования лицами младше 18 лет. Мы сознательно не собираем персональные данные несовершеннолетних детей.
12. Международная передача данных
Некоторые сторонние сервисы (например, Google Firebase, Google Drive, Telegram) могут размещать свои серверы в разных странах. В таких случаях данные передаются в соответствии с собственными стандартами безопасности и конфиденциальности соответствующего сервиса. Наша основная база данных и система хранения файлов расположены на защищённых серверах под нашим контролем.
13. Изменения политики
Мы можем периодически обновлять данную политику — например, при добавлении новой функции или изменении требований законодательства. О существенных изменениях мы уведомим через уведомление в самом сервисе или письмом на email администратора. Дата, указанная в верхней части этой страницы, отражает время последнего обновления.
14. Контакты
По любым вопросам, запросам или жалобам относительно данной политики конфиденциальности или ваших персональных данных:
Email: support@callhub24.uz · Telegram: @supp_callhub24